Rasmiy tashrif mamlakatlar o’rtasida do’stona aloqalar o’rnatilganining 70 yillik yubileyi arafasiga belgilanishi mumkin.
Noyabr oyida KXDRga “do’stlik aloqalari” yuzasidan tashrif buyurgan Rossiya Davlat Dumasi deputatlari Shimoliy Koreya rahbarini Moskva shahriga javob tashrifi bilan kelishga taklif qildilar. Xabarda aytilishicha, ushbu hodisa Moskva va Pxenyan o’rtasida diplomatlik aloqalar o’rnatilganining 70 yilligi arafasida sodir bo’lishi mumkin.
“Biz o’z do’stlarimizni parlament va Koreyaning Mehnat partiyasi boshchiligida Moskvaga tashrif buyurishga taklif etdik. Koreyaning Mehnat partiyasi boshlig’i esa bevosita KXDR rahbari Kim Chen Indir” deydi Rossiya delegatsiyasi rahbari Kazbek Taysaev.
Eslatib o’tamiz, oktyabr oyi o’rtalarida Moskva shahriga Shimoliy Koreya Xalq majlisi delegatsiyasi tashrif buyurib, bir qator kelishuvlarga erishilgan edi. Delegatsiya Rossiya Federatsiyasi federal majlisi federatsiya kengashi tomonidan kutib olingan va uning spikeri Valentin Matvienkoga Shimoliy Koreya Yuqori xalq kengashi raisi o’rinbosari An Don Chxuu Kim Chen Inning maktubini taqdim etgandi. KXDR delegatsiyasi esa rossiyalik hamkasblaridan maxsus choy to’plami sovg’asiga ega bo’lishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi