Rekord natijalarda sotilayotgan bitkoinlar hisobida ilk milliardga egizak aka-ukalar Kemeron va Teylor Uinklvosslar erishdilar, deya xabar berdi Qalampir.uz nashri.
Uinklvosslar 2013 yil dunyodagi jami bitkoinlarning 1% ni 11 million AQSh dollariga sotib olishgan. Hozirgi kunda elektron valyuta bahosi 100 barobar oshdi. Uinklvosslar kriptovalyutalarni sotish niyatlari yo‘qligini ta’kidladilar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, “bitkoin – oltinning yaxshilangan ko‘rinishi” ekan.
Bitkoin – hozirgi kunda dunyoning eng mashhur va qimmat valyutasi. 2009 yilda uning boshlang‘ich bahosi 1 AQSh dollaridan biroz ko‘proq edi. Ammo, qisqa vaqt mobaynida bir bitkoin bir necha ming AQSh dollarga baholana boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, 27 noyabr kuni, bitkoin 10 ming AQSh dollari deb baholandi. 2018 yil kriptovalyutaning bahosi 50 mingga ko‘tarilishi mumkin degan taxminlar bor.
Avvalroq, kriptovalyutalar bo‘yicha ko‘plab murojaatlar hamda ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy bayonot bergani haqida ma’lum qilgan edik.
Unga ko‘ra, iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida kriptovalyutalarni joriy etish va ular vositasida operatsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligini bildirgan holda, mazkur operatsiyalarda aholining ishtirok etishi tavsiya etilmasligi aytilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?