23:30 / 07.12.2017
11 330

Dunyodagi eng yosh qirolicha kim? (foto)

Dunyodagi eng yosh qirolicha kim? (foto)
Butan qirolichasi – 27 yoshli Djetsun Pema Vangchuk tabiiy go’zalligi va jozibadorligi bilan dunyo go’zallarini ham ortda qoldira oladi.

Djetsun Pema Vangchuk 2011 yili Butan qiroli Djigme Kxesar Namgyal Vangchukka turmushga chiqqach, qirolichalik nomiga sazovor bo’lgan.

Eng qizig’i, qirol Oksford universitetida o’qib yurgan paytlari rafiqasining qarindosh singlisi bilan uchrashib yurgan.

Djetsun Trashigan sobiq merining nabirasi bo’lmish uchuvchining qizi, uning katta bobosi esa sobiq qirol rafiqalaridan birining o’gay ukasi bo’lgan.

Qirolicha turmushga chiqqan paytda bor-yo’g’i 21 yoshda edi. Butan qiroli unga uylanish uchun uzoq kutgani, Djetsun bilan tanishgan payti qizaloq 7 yoshda bo’lgani haqida gapirib bergan.

“Men uylanish uchun uzoq kutdim va bu kerakli insonni rafiqa sifatida tanlaganingda muhimligini yo’qotadi. Men aynan kerakli insonga uylanganimga ishonaman” deydi Butan qiroli.

Butanning avvalgi hukmdorlari ko’pxotinlilik an’analariga amal qilar edilar. Ammo Djigme ushbu odatga nuqta qo’yib, rafiqasi uning hayotidagi yagona ayol bo’lishi haqida ma’lum qilgan.

“U maftunkor va juda aqlli inson. Bizni bir-birimizga va san’atga bo’lgan muhabbat birlashtirib turadi” deydi qirol rafiqasi haqida.

2016 yilda juftlik oilasida o’g’il farzand dunyoga kelgan. Uning tug’ilishi munosabati bilan mamlakatda 108 mingta daraxt ekildi.

Qirolicha Hindistonda san’atshunoslik va Londonning Regent’s College muassasasida “Halqaro munosabatlar” yo’nalishida tahsil olgan. Yosh qirolicha o’z ona tili dzong-kedan tashqari, hind va ingliz tillarida erkin muloqot qila oladi. U atrof-muhitni himoya qilish va imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berish bilan shug’ullanadi, maktablar, bog’chalarga tashrif buyuradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng yosh qirolicha kim? (foto)