31 880
Nejati Shashmaz «Qashqirlar makoni. Vatan» filmidagi roli uchun 8 yil-u 4 oyga qamalishi mumkin
Jazo mahkamasida so‘zga chiqqan Nejati Shashmaz buni shunday izohladi: «Tuhmat bu! Menga nisbatan nohaqlik bo‘ldi. E’tirozim bor va da’vo qilmoqchiman. Bu mashmashalar efirdan so‘ng yuzaga keldi. Advokatim da’vo bilan murojaat qildi».
Aktyorning advokati Husayn Ersan Alio‘g‘li ayni damda da’vo arizasini berib bo‘lgan. Bundan tashqari, har ehtimolga qarshi ehtiyot choralarini ham ko‘rib qo‘ygan. Ya’ni mabodo sud uni aybdor deb topsa, hibs qarorini tovon puliga almashtirish borasida. «PANA FILM»ning advokati ham «Bilganlarim ichida eng katta zarar — «Qashqirlar makoni»ga berildi. Serialning «Qashqirlar makoni. Vatan» bo‘limi ham shuning uchun zarar ko‘rdi. Bu shunchaki hasadgo‘y va ig‘vogarlarning ishi», degan fikr bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, «Qashqirlar makoni. Vatan» seriali namoyishidan keyin bo‘lgan maxsus ko‘rsatuv, ya’ni «Aytmasam bo‘lmaydi»dan so‘ng FETO (Fathulloh Gulen terror tashkiloti) bilan bog‘liq mojarolarga aralashib qolgan. Ayni damda Nejati Shashmaz, Nihat Do‘g‘an, O‘mur Varol, Birjan Ipak, Jihod Zembat va Gulshoh Sarach O‘g‘lularni 8 yil-u 4 oylik hibs jazosi kutib turibdi.
Iddaonomada, shuningdek, serial ijodkorlari qanday qilib prezidentga uyushtirilgan suiqasdni oldindan ko‘ra olishdi (filmning o‘sha bo‘limi namoyishga berilganida hali Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga suiqasd uyushtirilmagan edi), degan savol ko‘ndalang qo‘yilgan. Bundan tashqari, asosiy ayblov ijodkorlar FETOdan ta’limot olishgan degan band bo‘lib turibdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni valiahdi bilan uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?