Kaliningradlik erkak markazdan uy olish uchun o’z do’stining onasiga uylandi

Kaliningradlik erkak markazdan uy olish uchun o’z do’stining onasiga uylandi
Xabarda aytilishicha, “kelinchak” o’z o’g’lining do’stiga turmushga chiqqan, bundan tashqari ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro’yxatda ham turadi.

Kaliningrad prokraturasi xabarlariga ko’ra, 61 yoshli erkak 91 yoshli nafaqaxo’r ayol bilan soxta ravishda nikohdan o’tgan.

Prokratura tekshiruvlari natijasida ma’lum bo’lishicha, erkak hamon sobiq rafiqasi bilan yashaydi, vafot etgan do’stining onasiga esa viloyat markazidan uy olish maqsadida uylangan.

Ushbu holat yuzasidan mahalliy prokratura nikohni qayd etilgan muddatdan boshlab soxta deya e’tirof etilishini da’vo qilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar