
Ayni paytda Halqaro kosmik stansiya bortida bo’lgan amerikalik NASA astronavti Rendi Bresnik kosmosdan olingan tungi Kiev suratini omma e’tiboriga havola etdi. Suratdagi chiroqlar o’ta ajoyib va hayratlanarli ko’rinish hosil qilgan.
Xabarda aytilishicha, surat astronavtning Twitterdagi sahifasida paydo bo’lgan.
Shuningdek, Bresnik Dublin, Kopengagen va Edinburg shaharlari suratlarini ham o’z sahifasida e’lon qilgan bo’lib, surat ostida “Kosmik stansiyadan hayrli tunlar” deya izoh qoldirgan.
Eslatib o’tamiz, Rendi Bresnik oktyabr oyida ham Kievning kosmosdan tushirilgan suratini e’lon qilgan va ayrim suratlarda katta bino hamda obyektlar ko’zga tashlangandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar