
Uest-Midlendslik yo’lovchilar ko’cha o’rindig’ida o’tirgan va usti qor bilan qoplangan tanani ko’rgan zahotlari tez tibbiy yordam xizmatiga qo’ng’iroq qildilar. Xabarda aytilishicha, ushbu ajabtovur voqea Brempton bog’ida sodir bo’lgan.
Yo’lovchilar harakatsiz o’tirgan tanani o’rindiq ustida ko’rganlaridan keyin uni sovuqda qotib, vafot etgan odam deb o’yladilar. Hech bir yo’lovchi yurak yutib uning yoniga bora olmagan, hodisa joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xizmati esa uch soniya ichida jabrlanuvchining “shaxsini aniqlashtirgan”.
“Qo’ng’iroq qilgan ayol o’tirgan “odam”ning yoniga borishga qo’rqqan va bizga qo’ng’iroq qilingandan keyin darhol yetib keldik. Hayriyatki, bu jasad emas, haykal ekan” deydi tez tibbiy yordam xizmati xodimlari.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar