date

Yamandagi portlashlarni «Al Qoida» amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi

Yamandagi portlashlarni «Al Qoida» amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi

«Al Qoida» tashkilotining Yamandagi bo‘limi hisoblanmish «Ansor ash-Sharia» guruhi bugun Yamanning janubiy-sharqiy qismidagi Xadramaut viloyatining Sayyun shahrida amalga oshirilgan teraktlar uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqida guruh boshliqlaridan biri Pokistonning «Geo TV» telekanali orqali ma’lum qilgan.

Shuningdek, guruhning bir qancha a’zolari bu haqidagi ma’lumotni tvitter sahifalari orqali tarqatishgan.

Eslatib o‘tamiz, 9-dekabr kuni ertalab, Sayyun shahridagi harbiy baza yaqinidagi hududlarda ikkita avtomobilga o‘rnatilgan bombalar portlashi natijasida 7 nafar harbiy halok bo‘lib, yana 8 nafar harbiy og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yamandagi portlashlarni «Al Qoida» amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi