10:30 / 16.12.2017
5 530

Nazarboyev olimpiya chempioni bilan «kuch sinashdi» (video)

Nazarboyev olimpiya chempioni bilan «kuch sinashdi» (video)
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev olimpiya chempioni bilan “kuch sinashdi”, deb xabar bermoqda Qozog‘iston OAV. Oqo‘rdada mamlakat mustaqilligi kuni arafasida qozog‘istonliklarga davlat mukofotlari hamda unvonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari mashhur sportchi, olimpiya o‘yinlari chempioni Jaqsiliq Ushkempirovga "Qazaqstannың Yeңbek Yerі" unvonini topshirdi. Nursulton Nazarboyev mashhur sportchining chiqishi vaqtida, uning qo‘lini mahkam qisib, kuchini sinab ko‘rdi.

66 yoshli Jaqsiliq Ushkempirov klassik yo‘nalishdagi kurashchi bo‘lib, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni sanaladi.

"Bugun Jaqsiliq Ushkempirov qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi hamda o‘z ovuli yuksalishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. U o‘z mablag‘lari hisobidan sport majmuasi, bolalar bog‘chalari, yosh oilalar uchun uylar qurib berdi va shu tariqa o‘z hamqishloqlari hurmati hamda minnatdorchiligiga sazovor bo‘ldi", - deya aytib o‘tdi Qozog‘iston prezidenti mukofotlarni topshirish marosimida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev olimpiya chempioni bilan «kuch sinashdi» (video)