16:20 / 16.12.2017
6 310

Iroqda joylashgan turmadagi terrorchilar ommaviy ravishda qatl etildi

Iroqda joylashgan turmadagi terrorchilar ommaviy ravishda qatl etildi
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, bu marosim payshanba kuni, mamlakat bosh vaziri dunyoda faoliyati taqiqlangan «IShID» jangari kallakesarlar guruhi to‘liq yo‘q qilingani haqida ma’lum qilgach, zudlik bilan tashkil etildi. Agar Iroq qonunchiligiga nazar solinsa ham, bunday jinoyatni sodir etganlik uchun o‘lim jazosi belgilanadi.
— Hozirda jami 38 nafar jangari qatl etildi, — dedi Iroq adliya vaziri Haydar Al Zamiliy. — Ularning barchasi otib o‘ldirish va bo‘g‘ish amallari orqali qatl etildi. Bir so‘z bilan aytganda, bu kallakesarlar begunoh odamlar qonini to‘kkani, xunrezliklar qilgani uchun munosib jazosini oldi. Agar bizda o‘lim jazosidan ham kuchliroq jazo chorasi bo‘lsa, terrorchilarga nisbatan o‘sha jazoni qo‘llagan bo‘lardik…

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroqda joylashgan turmadagi terrorchilar ommaviy ravishda qatl etildi