date
views 3 814

Norvegiya jahonda birinchi bo‘lib FM-radiodan butunlay voz kechdi

Norvegiya jahonda birinchi bo‘lib FM-radiodan butunlay voz kechdi
Norvegiya FM-radiouzatishdan butunlay voz kechib, raqamli shaklga o‘tgan jahondagi ilk davlatga aylandi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Norvegiyaning shimoliy mintaqalari hamda Arktikadagi Svalbard arxipelagi raqamli audiouzatishga (DAB) chorshanba, 13 dekabr kuni eng so‘nggi bo‘lib o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, DAB tovushning yaxshiroq sifati bilan ta’minlab beradi hamda ko‘proq kanallarni taklif qiladi.

Yaqin yillarda Yevropaning ba’zi davlatlari ham bu borada o‘zgarishni amalga oshirmoqchi. Xususan, Daniya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya raqamli shaklga butunlay o‘tishni rejalashtirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Norvegiya jahonda birinchi bo‘lib FM-radiodan butunlay voz kechdi