20:18 / 16.12.2017
8 657

Uchinchi jahon urushi qaysi mintaqada boshlanishi mumkin?

Uchinchi jahon urushi qaysi mintaqada boshlanishi mumkin?
Amerikalik professor, mudofaa va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha mutaxassis Robert Farli The National Interest nashri sahifasida 2018 yilda Uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin bo‘lgan beshta mintaqani sanab o‘tdi.

"Jahon 2017 yilni katta qudratga ega davlatlar ishtirokidagi vayronakor mojarosiz o‘tkazishning uddasidan chiqdi. Jahonning ba’zi qismlarida keskinlik ancha pasaydi. Boshqa joylarda esa murakkab vaziyat yanada og‘irlashdi", - deya yozadi u.

KXDR Farlining ro‘yxatida birinchi davlatga aylandi, uning fikricha, bu mamlakat atrofidagi vaziyat hozirgi davrning eng jiddiy tashqi siyosiy inqirozidir. "Shimoliy Koreyaning ballistik raketalarni ishlab chiqishdagi muvaffaqiyatlari Tramp ma’muriyatining diplomatik tajribasizligi bilan uyg‘unlashgan holda juda xavfli vaziyatni keltirib chiqardi", - deya ta’kidlaydi professor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ham Pxenyan tomonidan, ham Vashington tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar osonlik bilan urushga aylanishi mumkin, Yaponiya va Xitoy ham unga aralashib qolishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik mojaro boshlanishi mumkin bo‘lgan ikkinchi mintaqa Tayvandir. Yaqinda xitoylik diplomat Li Keksin Pekin “Tayvanni harbiy kuch yordamida birlashtirishi”, bu orolga Amerika harbiy kemalari kelib to‘xtagan kun ro‘y berishini ma’lum qilgandi.

Shu bilan birga, XXR mintaqadagi harbiy faolligini oshirdi, bunga AQSh bir necha marotaba qarshi chiqdi. Bundan tashqari, Vashington Tayvanga qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmini oshirib bormoqda.

"O‘ta ehtiyotkor diplomatiya hamda avvaldan taxmin qilishni talab etuvchi munosabatlarni Xitoy va AQSh kabi muhim o‘yinchilar noaniqlik girdobiga tashlashga tayyor, bu esa juda vayronakor mojaroga olib kelishi mumkin", - deya hisoblaydi Farli.

Ro‘yxatning keyingi pog‘onasidan Ukraina joy oldi. Undagi vaziyat, tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, keskin bo‘lib qolmoqda: sharqdagi sulh doimiy ravishda buzilmoqda, Kiyevdagi norozilik namoyishlari va Mixail Saakashvili bilan bog‘liq tushunarsiz holat Ukrainaning amaldagi hukumati ishi barqarorligini so‘roq ostiga qo‘yadi.

Farlining fikriga ko‘ra, Ukraina hukumatining inqirozga yuz tutishi qator oqibatlarga olib kelishi mumkin, ular inqirozni yanada chuqurlashtirishi ehtimoli bor – xususan, hokimiyat tepasiga ultrao‘nglar vakillari kelishi, ular tufayli Donbassdagi mojaro yanada keskinlashishi mumkin.

Professor shuningdek shunday ssenariyni ko‘rib chiqmoqdaki, unda Moskva Ukrainada amaldagi hukumat inqirozga uchraydigan bo‘lsa, o‘z ta’sirini oshiradi, bu esa, o‘z navbatida, Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi to‘laqonli harbiy qarama-qarshilikni keltirib chiqarishi ehtimoli bor.

Farli Uchinchi jahon urushining o‘chog‘iga aylanishi mumkin bo‘lgan to‘rtinchi mintaqa sifatida NATOning janubiy qismi – xususan, Turkiyani tilga olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqaraning YeI hamda AQShdan uzoqlashishi va Moskva bilan yaqinlashishi mintaqadagi kuchlar muvozanatining jiddiy o‘zgarishidan darak berishi mumkin.

Turkiya ham, Rossiya ham, AQSh ham urush yuzaga kelgan diplomatik vaziyatga yechim topishning aqlli va yagona uslubi emasligini tushunib turibdi, deya ta’kidlaydi muallif. Biroq kuchlar muvozanatidagi o‘zgarish Suriya, Iroq, Eron, Bolqon yarim oroli va Kavkazdagi vaziyat qanday rivojlanishiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Farli ro‘yxatiga Fors ko‘rfazi yakun yasagan. U Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikka ko‘proq e’tibor qaratishni taklif qildi.

Professorning ta’kidlashicha, bu mintaqada avval ham mojarolar kuzatilgan, biroq ular jahon urushlariga aylanib ketmagan. "Biroq ar-Riyod shuni aniq tushuntira oldiki, Eronga qarshi diplomatik va harbiy koalitsiyani tuzishga tayyor hamda, ehtimol, unga hattoki Isroilni ham qo‘shishi mumkin. Rossiya mintaqadagi o‘z pozitsiyalarini qanday himoya etayotgani e’tiborga olinsa, bularning bari o‘ta qudratli davlatlarning qanday darajadagi o‘zaro ziddiyatiga aylanib ketishini tasavvur qilsa bo‘ladi", - deya qayd etgan muallif.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchinchi jahon urushi qaysi mintaqada boshlanishi mumkin?