11:00 / 18.12.2017
7 751

Angliyalik qiz 2 kunlik umri qolgan yigitiga turmushga chiqdi

Англиялик қиз 2 кунлик умри қолган йигитига турмушга чиқди
G’arbiy Sasseksada istiqomat qiluvchi 27 yoshli Tristan Xodimeyker o’zini yomon his qila boshlagach, shifokorlarga murojaat qildi. Aslida yigitda tumov alomatlari kuzatilayotgan edi, biroq tekshiruvlar natijasi buning oddiy tumov emas, balki agressiv sarkoma ekanligi aniqlandi.

Afsuski, Tristanga hech qanday yo’l bilan yordam berib bo’lmasdi, shu sababli undan qolgan vaqt davomida qanday orzularini amalga oshirishni istashi haqida so’radilar. Tristan esa uning orzusi sevgan qizi Rebekka bilan oila qurish ekanligini aytdi.

5 yil avval tanishgan juftlik o’zilari uzoq vaqt kutgan to’y marosimini yaqinlari ishtirokida o’tkazdilar.

“Men shunchalar ko’p yig’ladimki, tasavvur ham qila olmaysiz. Tristanni nogironlar aravachasi olib kelishdi, men esa yaqinlarimiz turgan yo’lak bo’ylab borardim. Bu juda chiroyli, haqiqatan sehrli edi”deydi Rebekka.

To’ydan ikki kun o’tib Tristan vafot etdi. U 6 oy avval veterinarlik ishiga erishgan va Rebekka bilan birga umr kechirish uchun uy izlay boshlagandi. Sevishganlar kelgusida shaxsiy veterinarlik klinikasi ochishni orzu qilishardi. Rebekka hayotida qanday voqea sodir bo’lmasin, sevgan insonining orzularini amalga oshirishga qat’iy qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliyalik qiz 2 kunlik umri qolgan yigitiga turmushga chiqdi