Saytimizda bugun, joriy yilda 65 nafar jurnalist o‘ldirilgani to‘g‘risida xabar bergan edik. Bu raqam yana bittaga ko‘paydi.
Meksikaning Verakrus shtatida 35 yoshli jurnalist Gumaro Peresni otib ketishdi.
Gumaro Peresning 6 yoshli o‘g‘li o‘qiyotgan sinf o‘quvchilari, yangi yil bayramini nishonlayotgan vaqtda, ularning xonasiga qurolli kishi bostirib kirgan va to‘rt marta o‘q uzib Peresni o‘ldirgan. Gumaro Peres a’zo bo‘lgan jurnalistlar assotsiatsiyasi uning jasadi berilishini va qotillik bo‘yicha tergov ishlari olib borilishin kutmoqdalar.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Peres mamlakatda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bo‘yicha, jurnalistik surishtiruv o‘tkazayotgan bo‘lgan.
“Chegara bilmas reportyorlar” tashkilotining hisobotida ham Meksika jurnalistlar uchun eng xavfli davlat, deb topilgandi. Bu mamlakatda 2000 yildan buyon 111 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Shulardan, 38 nafari 2012 yildan keyin, mamlakatga Enrike Penya Neto prezident bo‘lganidan so‘ng o‘ldirilgan.
Shu yilning aprel oyida El Norte nashri ham mamlakatda jurnalistlarning o‘ldirilishi ko‘payganidan keyn yopilgan edi. Buni gazeta bosh muharriri, haqiqatni yoritadigan jurnalistlar uchun ish sharoiti xavfli bo‘lib, qotillarning jazosiz qolayotgani bilan izohlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi