
Mittivoy Alfi Evans noma’lum nevrologik kasallikka mubtalo bo’lib, koma holatiga tushgach, oxirgi 1 yilni Liverpuldagi shifoxonalarning birida doktorlar nazorati ostida o’tkazdi.
Shifokorlar 19 oylik bolakayga davolash kor qilmasligi aytib, unga nisbatan “umid yo’q” deya baho berishgan va Alfining ota-onasini farzandlari og’riqlarsiz o’lishiga qo’yib berishlari uchun barcha apparatlardan uzishga ko’ndirmoqchi bo’lishgan.
“Bizga uning hayoti tobora oxirlab borayotganini aytishdi. Ammo men 1 yil davomida har kuni u bilan birga edim, uning nafs olishi qanday o’zgarayotganini ko’rdim. U tirik, yashashni istayapti va bu haqida bizga belgi beryapti” deydi Alfining otasi Tomas Edvans.
Oilaga Italiya tomon yo’l olib, u yerdagi shifokorlar yordaida bolakay kasalligiga aniq tashxis qo’yishni maslahat berishdi.
“Men farzandim to’liq tuzalib ketadi deb aniq ayta olmayman. Ammo italyan klinikasida hech bo’lmaganda ko’zini ochishiga 90% aminman” deydi Tomas.
Shuningdek, erkak London yuqori sudiga vaziyatga oydinlik kiritib, shifokorlarni jazolash iltimosi bilan murojaat qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing