
AQSh Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovga nisbatan sanksiya e’lon qildi. Ramzan Qodirovga nisbatan qo‘llanilgan sanksiya “Magnitskiy ro‘yxati”, deb nomlangan qonun asosida qo‘llanilgan. Bunday sanksiya, Ramzan Qodirov bilan birga, yana to‘rt nafar Rossiya fuqarosiga sanksiyalar qo‘llanilgan.
Ramzan Qodirov AQShning bu ishiga nisbatan Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali kinoya bilan kulib javob qaytardi.
U o‘z izohida “Amerika Moliya vazirligining qiladigan ishi qolmabdi-da. Mening Amerikaga kirishimni taqiqlabdi.Kichkinagina lekin mag‘rur Checheniston butun boshli AQShga tinchlik bermayotgan ekan-da. Ex o‘zimni bu ishdan so‘ng buyuk odam deb his etyapman! AQSh hukumati havotir olmasin, agar, ular menga mamlakatining bor valyuta zaxirasini, mukofot tariqasida berishsa ham bormagan bo‘lardim”,- deb izoh bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar