Xitoy Mudofaa vazirligi AQShni «sovuq urush» davridagi kabi fikr yuritishdan voz kechish hamda yanada «ijobiy o‘zaro aloqalarni» amalga oshirishga chaqirdi. Bu haqda Xitoy vazirligining WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida aytiladi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
«Biz shunga umid qilamizki, AQSh sovuq urush davridagi kabi fikr yuritishdan voz kechib, Xitoy armiyasi rivojiga ob’ektiv nazar tashlaydi, Xitoy tomoni bilan ikki davlat qurolli kuchlari hamkorligini rivojlantirishni rag‘batlantirib boradi, yanada ijobiy o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yadi, ikki mamlakat armiyalarining aloqalarini Xitoy-Amerika munosabatlarini barqarorlashtiruvchi omilga aylantirishga harakat qilib, mintaqaviy va global tinchlik, barqarorlik hamda farovonlikni birgalikda himoya qiladi», - deya ma’lum qilishgan Xitoy Mudofaa vazirligidan.
Shu tariqa XXR AQShning milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi strategiyasiga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Xitoy kuchayib borayotgan katta harbiy qudratga ega davlat sanalishi, shu sababdan NATOga XXR tomoni bilan siyosiy muloqotni qo‘llab-quvvatlash muhimligi haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi