12:05 / 22.12.2017
8 050

Politsiya xodimlari 10 yoshli qizaloqni 50 yoshli erkakka turmushga chiqishdan asrab qoldilar

Politsiya xodimlari 10 yoshli qizaloqni 50 yoshli erkakka turmushga chiqishdan asrab qoldilar
Pokiston politsiyasi 10 yoshli qizloqni 50 yoshli Jitmal Megarga turmushga chiqishdan asrab qoldilar. Erkak qizaloqning oila a’zolariga 7000 dollar miqdorida pul to’lagani aniqlandi. Jinoyat ishtirokchilari esa nikoh shartnomasi tuzilayotgan paytda qo’lga olingan.

Hodisa Sind provintsiyasidagi Kirpi qishlog’ida sodir bo’lgan. Politsiya xodimlari nikoh shartnomasi tuzilayotgan paytda uyga kirib borishgan va 11 nafar “tantana” ishtirokchilarini qo’lga olishgan. 50 yoshli “kuyov” esa voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lgan.

Qizaloqning onasi Masmat Nabiat turmush o’rtog’ining operatsiyasi uchun olingan qarzni to’lashi kerakligi majburiyati yuzasidan bunday nikohga rozi bo’lganligini qayd etdi.

“Erim kasal bo’lib qoldi va uni davolatish uchun obro’li odamlardan qarz oldik. Men ham, erim ham qizimizga nisbatan bunday qilishni istamasdik, ammo boshqa choramiz yo’q edi. Kuyov hech qanday sep kerak emasligi va to’yning barcha harajatlarini ko’tarishini aytgandi” deydi Masmat.

Jinoyatda ishtirok etgan insonlarning har birini 3 yilgacha bo’lgan qamoq jazosi kutmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Politsiya xodimlari 10 yoshli qizaloqni 50 yoshli erkakka turmushga chiqishdan asrab qoldilar