
Pekindan 300 km uzoqlikdagi Xunyagu sayyohlik markazida yakshanba kuni dunyodagi eng uzun shisha ko’prikning ochilish marosimi bo’lib o’tadi. Ko’prik ikki qoyani o’zaro birlashtirgan bo’lib, erdan 218 metr balandlikda joylashgan.
Xabarda aytilishicha, ko’prikni qurish uchun mingdan ortiq mustahkam shisha panellar kerak bo’lgan. Ko’prikning uzunligi 488, eni esa 2 metrga teng keladi.
Bundan tashqari ko’prikning umumiy og’irligi 70 tonna ekanligi ham qo’shimcha qilinmoqda.
Aytishlaricha, ko’prik bir vaqtning o’zida 500 nafar sayyohni ushlab turishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar