
Xitoy hukumati 13 ming internet-saytni to‘sib qo‘ydi va deyarli 10 million foydalanuvchining akkauntlarini bekor qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda, deb yozadi Kun nashri.
Pekin bu chorani zo‘ravonlik va pornografiyaning tarqatilishiga qarshi kurash zarurati bilan tushuntirgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘sib qo‘yilgan internet-saytlar ma’murlari ularda Xitoydagi qonunchilikka zid keluvchi kontentni joylashtirishgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, shuningdek, Twitter, Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari va YouTube videoxostingi ham to‘siladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar