01:02 / 25.12.2017
5 265

Balida vulqon otila boshladi

Balida vulqon otila boshladi
Tabiiy ofatlarning oldini olish agentligi ma’lumotlariga ko’ra, Balida Agung vulvoni otila boshladi. Agentlik bu borada bezovta bo’lish uchun sabab yo’q ekanligi, ammo xavf ogohligi holati saqlanib qolishi haqida xabar bergan.

Agentlik rasmiy vakili Sutopo Nugroxo vulqon tez-tez faollashib turishi va xavf ogohligi saqlanib qolishi haqida aytdi.

Kecha vulqon kuli 2,5 kilometr balandlikkacha chiqqan. Tog’dan 70 km uzoqlikda joylashgan Ngurax-Ray aeroporti esa odatdagi tartib bo’yicha ishlashda davom etmoqda.

Balidagi hukumat sayyor kengashi doirasida Indoneziya prezidenti Joko Vidodo mahalliy OAVga shu tariqa orolning sayyohlar va mahalliy aholi uchun xavfsiz ekanligini ko’rsatayotgani haqida ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Balida vulqon otila boshladi