
BMT bosh assambleyasi Isroil poytaxtini Tel-Avivdan ko’chirish fikriga qarshi chiqdi.
Quddusni Isroil poytaxti deb e’lon qilinishiga 128 ta mamlakat qarshilik bildirgan, 35 ta mamlakat (jumladan Vengriya, Latviya, Polsha, Rumyniya va Chexiya betaraf bo’lib qoldi, 20 nafar mamlakat esa har ikki tugmani ham bosmay sukut saqladi.
Xabarda aytilishicha, bor-yo’g’i 9 nafar mamlakat Quddusni Isroil poytaxti deb e’lon qilinishini qo’llab-quvvatlagan.
Ovoz berish jarayonlaridan avval AQSH prezidenti Donald Tramp BMT rezolyutsiyasini qo’llab-quvvatlovchi mamlakatlarga yordam berishni bas qilishi haqida aytib, ogohlantirgan edi.
Eslatib o’tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp o’zining saylovoldi va’dasida aytilganidek, Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgani haqida ma’lum qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar