
Korrupsiyada ayblangan va ozodlikka chiqqan 20 nafar shaxs orasida obro’-e’tiborli odamlar ham bor.
Jumladan, Makkadagi masjidni kengaytirish loyihasi amaliyoti paytida tovlamachilik qilgan sobiq moliya ministri va “Saudi Aramco” davlat neft kompaniyasi rahbariyati a’zolaridan biri Ibragim Abdel Aziz al-Assaf ham ozodlikka chiqarilgan.
Bundan tashqari sobiq moliya ministri yordamchisi va Saudi Telecom kompaniyasi sobiq rahbari Turki ben Xalid ham tutqunlikdan qutulib chiqdi, deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq OAVda qamoqqa olinganlarning 95%i o’z aybini tan olgani va hukumat bilan kelishuvga rozi ekanligi haqida xabar qilingandi. Ozodlik uchun esa ular o’z mulkining ma’lum qismini hukumatga o’tkazib berishi kerakligi aytilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar