17:47 / 26.12.2017
5 959

Vo ajab! Suv ostida tanishgan juftlik aynan o’sha yerda nikohdan o’tishdi

Vo ajab! Suv ostida tanishgan juftlik aynan o’sha yerda nikohdan o’tishdi
Angliyalik Tomas Ford va amerikalik Sandra Xayd 4 yil avval AQSHdagi “Florida Kis” dengiz qo’riqxonasida tanishib qoladilar.

Armiyada xizmat qilish uchun kelgan yigit suzish bo’yicha instruktor sifatida ishlaydigan qizga bir ko’rishda maftun bo’ladi. Yoshlar hamisha suv ostida tanishganlari va to’yni ham suv ostida qilishlarini aytib, hazillashardilar.

Oradan bir necha yil o’tgach, nikoh marosimini o’tkazish uchun o’zlari tanishgan joyga yetib kelishdi va suv ostida tantana o’tkazishdi. Mahalliy sayyohlik agentligi esa ularga nikoh maromisini tashkillashtirish uchun ko’mak bergan. Keyinroq esa juftlikning nikoh marosimi suratlari internetga joylashtirdi.

Internet foydalanuvchilari yosh oilani bunday mo’jizaviy bayram bilan tabriklab, ularga baxt va muhabbat bilan to’lib-toshgan uzoq umr tilashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vo ajab! Suv ostida tanishgan juftlik aynan o’sha yerda nikohdan o’tishdi