
«Rostex» bosh direktori Sergey Chemezovning bayonot berishicha, Turkiya Rossiyadan 4 ta S-400 «Triumf» zenit-raketa to‘plamlarini xarid qildi. U «Kommersant’» nashriga bergan intervyusida shu haqda ma’lum qildi. Chemezovning so‘zlariga ko‘ra, 4 ta to‘plam 2,5 mlrd dollarni tashkil etgan.
«Yakuniy hujjatlarni tasdiqlash qoldi, xolos. Aytishim mumkinki, shartnoma qiymatining 45 foizi oldindan to‘lanadi, 55 foizi Rossiyaning kredit mablag‘lari hisobidan qoplanadi», — degan Chemezov.
Uning qayd etishicha, birinchi to‘plam 2020 yil martda yetkazib beriladi.
Manba: Kun.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar