
Xitoyda quyosh barateyalaridan tashkil topgan va elektromashinalarni harakatlanish chog’ida quvvatlantirib beradigan “aqlli” yo’llar qurilmoqda. Ayni paytda yo’l uzunligi 1,2 kilometrgacha yetgan.
Mazkur turdagi yo’llar Szinan shahrida barpo etilyapti. Loyiha asoschilarining aytishlaricha, yo’llar uzoq vaqt davomida o’zining a’lo darajadagi ko’rinishini yo’qotmaydi va o’rta kattalikdagi yuk mashinalarini ham ko’tara oladi. Shuningdek, yo’llar mashinalarni quvvatlantirib, haydovchilarni informatsion ko’mak bilan ta'minlab beradi.
Xabarda aytilishicha, yo’llar 3 qatlamdan tashkil topgan. Quyosh panellari oddiy asfalt bilan bir hil xususiyatlarga ega shaffof beton ostiga joylashtiriladi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun olimlar 10 oy davomida mehnat qildilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar