10:35 / 28.12.2017
8 090

Hind okeanida 7 oy suzib yurgan sayyoh qutqarildi

Hind okeanida 7 oy suzib yurgan sayyoh qutqarildi
25 dekabrda Reyunon oroli sohillari yaqinida, Hind okeanida nosoz qayiqda 7 oy bir o‘zi suzib yurgan polshalik sayyoh qutqarildi. Bu haqda Fransiyaning dengizlarda qutqarish jamiyati (SNSM) ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 56 yoshli Zbignev Reket 20 may kuni Komor orollaridagi Samira shahridan Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahri tomon suzib ketgan. Sayyohga portda topib olingan mushuk hamrohlik qilgan.

Sayohat davomida qayiqning dvigateli ishdan chiqqan, shundan keyin qayiq boshqaruvsiz qolib ketgan. “Men kemani boshqarolmay qoldim. Meni to‘lqinlar Somali, keyin Maldiv, Indoneziya, Mavrikiy va oxir-oqibat Reyunon sohillariga olib ketgan. Men quruqlikni ko‘p marta uchratdim, biroq u tomon borolmasdim”, deb eslamoqda sayyoh.

Sayyohda hech qanday aloqa vositasi bo‘lmagan. Bundan tashqari, u faqatgina bir oyga yetadigan oziq-ovqatga ega bo‘lgan. Yeguliklar tugagandan keyin, u baliq tutib, yomg‘ir suvini ichishiga to‘g‘ri kelgan.

Qutqaruvchilar qayiqni 25 dekabrda aniqlashgan. Sayyoh quruqlikka yetkazilgan. Ta’kidlanishicha, u juda oriqlab ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hind okeanida 7 oy suzib yurgan sayyoh qutqarildi