15:00 / 29.12.2017
15 618

Hindistonda ko‘rinmas mahluq paydo bo‘ldi. U qo‘ylarning ichki a’zolarinigina yeb bitirmoqda

Hindistonda ko‘rinmas mahluq paydo bo‘ldi. U qo‘ylarning ichki a’zolarinigina yeb bitirmoqda
Keyingi kunlarda Hindistondagi fermerlar shov-shuv ko‘tarishdan bo‘shamay qolishdi. Ularning aytishicha, qandaydir sirli va ko‘rinmas jonzot qo‘ylarning ichki a’zolarini yeb bitirayotganmish. Yana shunday tartib bilan ish ko‘rmoqda ekanki, qo‘ylarning bir dona yungi ham to‘kilmayapti. Yorib ichki a’zosi tortib olingan qo‘ylarning tanasida tig‘ yoki tish izlari umuman yo‘q. Ichki a’zolari tortib olingan-u, go‘shtiga tegishmagan.

Jonivorlar tik turgan holda jon taslim qilishmoqda. Mutaxassislar turli taxminlarni o‘rtaga tashlashdi. Birov bu bo‘ri yo tulki desa, yana boshqa birov chupakabra bo‘lsa kerak deb hisobladi. Biroq bu taxminlar asossiz edi. Chunki chupakabra bu qadar sirli ravishda harakatlar sodir etmaydi. Odamlar uni ko‘p ko‘rgan. Qolaversa, chupakabra qo‘yning ichki a’zolarini tortib olgach, yorib tashlangan joyni shunday ochiq qoldiradi. Bo‘ri, tulkilar esa bunday amallarni bajara olishmaydi. Agar ular qo‘yga hujum qilishsa, bor bo‘yi bilan ko‘tarib qochishadi.
Xo‘sh, unda kim? Nahotki, qassob bo‘lsa? Yo jarrohning ishimi bu? Aqlga sig‘maydi…

Xuddi shu masalada ufologlar so‘nggi so‘zni aytishdi. Ularning fikriga ko‘ra, xuddi shunday tartibli va sirli harakatni faqat o‘zga sayyoraliklargina amalga oshira oladi. To‘g‘ri, o‘zga sayyoraliklar qo‘y go‘shti bilan oziqlanmaydi. Ammo ular yerliklarga o‘zlarining tashrifini qaysidir yo‘l bilan bildirib qo‘yishni xohlashgan. Hoynahoy, bu harakatni o‘zga sayyoraliklar ilk bor sodir etishgan. U holda nega endi aynan Hindistonni tanlashdi? Boshqa mamlakatlarda qo‘y yo‘qmidi?.. Ushbu savollar ham hozircha ochiqligicha qolib ketmoqda. Agar ufologlarning taxmini to‘g‘ri bo‘lib, qo‘ylarning kushandasi o‘zga sayyoraliklar bo‘lib chiqsa, yana albatta yuz ko‘rsatishadi va tashrifi sabablari aniqlanadi. Tag‘in… Xudo biladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda ko‘rinmas mahluq paydo bo‘ldi. U qo‘ylarning ichki a’zolarinigina yeb bitirmoqda