22:32 / 29.12.2017
6 180

Bir million AQSh dollarini o‘g‘irlagan erkak qidirilmoqda

Bir million AQSh dollarini o‘g‘irlagan erkak qidirilmoqda
Moskva shahar politsiyasi bank xodimi sifatida o‘zini tanishtirib, bir million AQSh dollarini o‘g‘irlagan erkakni qidirmoqda.

Kecha, 28 dekabr kuni ikki nafar jabrlanuvchi Moskvadagi binolarning birida faoliyat ko‘rsatgan firibgar ustidan Moskva shahar politsiyasiga shikoyat bilan murojaat qilishgan.

Gumonlanayotgan erkak, “Binoni bankning valyuta almashtirish shoxobchasidek qilib jihozlagan va valyutani almashtirish amaliyotini bajarishini ma’lum qilgan. Bir million AQSh dollari joylashtirilgan sumkani olgan va kassa derazachasini yopgan hamda qo‘lidagi sumkani olib, noma’lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘lgan”, deb xabar bermoqda Moskva politsiyasi Matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir million AQSh dollarini o‘g‘irlagan erkak qidirilmoqda