10 506
Do’konga harid uchun kelgan kaliforniyalik homilador ayol shu yerning o’zida farzandini dunyoga keltirdi
Kaliforniyalik homilador ayol oziq-ovqat do’koniga tashrif buyurgan payti ona bo’lish baxtiga erishdi. Bu haqida do’kon bekasining ijtimoiy tarmoqlarga bergan ma’lumotlariga asoslangan holda “Life.ru” nashri xabar bermoqda.
Market sohibasi Issamar Sepulvedaning yozishicha, tug’ruq jarayonini uning o’zi va hayratdan shoshib qolgan oshpaz hamda qassob qabul qilib olishgan. Ularning barchalari bu holatni haqiqiy yangi yil mo’jizasi deya atashmoqda.
“Bizning kassachimiz 911 raqamiga qo’ng’iroq qildi, qassob bolani qo’lida ushlab turganda oshpaz kindikni kesish uchun qaychi izladi” deydi Sepulveda.
Uning aytilishicha, do’kon xodimlari chaqaloqning terisi siyohrang tusda ekanligini ko’rib, asabiylasha boshlaganlar. Qutqaruv xizmati esa bolaning bunday ko’rinishiga sabab uning sovqotib qolganlishi va uni zudlik bilan isitish kerakligini tushuntirib bergan. Shundan so’ng do’kon sohibasi bolani yopinchiqqa o’rab, isita boshlagan.
Yaxshilik “elchi”larining ushbu qahramonligi shu bilan o’z yakuniga yetmadi: do’kon rahbari Issamar Sepulveda tug’ilgan chaqaloqning onasi uni yetarli sharoitlar bilan ta’minlay olmasligi sabab bolakay uchun ijtimoiy tarmoqlarda kerakli buyumlar yig’ishga yo’naltirilgan kampaniyani boshlab yubordi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!