
Saraton kasalligi bilan kurashayotgan 13 yoshli Seryoja Timofeevning ota-onasi mamlakat prezidenti Vladimir Putinga ko’mak so’rab murojaat qilganlaridan keyin bolakay davlat rahbaridan Yangi yil sovg’asi sifatida shaxsiy kompyuterni qabul qilib oldi. Bu haqida Primorye matbuot xizmati ma’muriyatiga yetkazilgan ma’lumotlarga tayanib, “Life.ru” internet nashri xabar bergan.
“O’g’lim prezident uning iltimosini eshitgani va uning azaliy orzusini amalga oshirishi haqida eshitib, xursandligidan yig’lab yubordi!” deydi bolakayning onasi Anastasiya Pinchukova.
Kompyuterni o’z egasiga topshirish uchun Primorye o’lkasining vitse gubernatori Konstantin Mejonovning shaxsan o’zi tashrif buyurgan.

Mejonov bolakayga prezident sovg’asini topshirar ekan, uni yangi yil bayrami bilan qutladi.
Seryoja yaqindagina tug’ilgan kunining 13 yilligini nishonlagan va sovg’a sifatida shaxsiy kompyuterga ega bo’lishni istagandi. Ammo uning oilasi bunday sovg’a sotib olish uchun imkon topa olmadi. Shu sababli bolakayning onasi yordam so’rab Vladimir Putinga murojaat qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar