12:51 / 30.12.2017
5 424

100 dan ortiq qozog‘istonlik internet orqali hibsga olindi

100 dan ortiq qozog‘istonlik internet orqali hibsga olindi
100 dan ortiq qozog‘istonlik internet orqali hibsga olindi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri Tengrinews.kz bergan ma’lumotga tayangan holda.

Mahkamadan xabar qilishlaricha, ayni damda, Bosh prokuraturaning faol ko‘magi yordamida huquqni muhofaza qilish faoliyatini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu sababdan, mamlakat Bosh prokuraturasi topshirig‘iga binoan Huquqiy statistika va maxsus hisobga olish qo‘mitasi tomonidan elektron jinoiy ish moduli ishlab chiqildi. Joriy yilning 11 avgust kuni Qozog‘iston bosh prokurori, Oliy sud va Davlat xizmati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari bo‘yicha agentlik raisi, moliya va ichki ishlar vaziri tomonidan “Ye-jinoiy ish sinov loyihasini tatbiq etish va idoralararo ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma buyruq imzolandi.

25 avgustdan Ostonaning Olmaota tumani IIBda “Ye-JI” sinov loyihasi ishga tushdi. "O‘tgan vaqt davomida elektron jinoiy ish bo‘yicha sudga 192 ta ish va 208 ta sanksiya yuborildi. Bularning bari elektron shaklda amalga oshirildi. “Ye-JI” loyihasi doirasida “Onlayn” video konferensaloqa yordamida qamoqqa olish to‘g‘risida sanksiya berish imkoniyati yaratildi. Sanksiya berish jarayoni qo‘lga olingan shaxslarni sudga olib kelmasdan amalga oshirilmoqda. Qamoqqa olish to‘g‘risidagi 100 dan ortiq sanksiya video konferensaloqa yordamida berildi", - deya ta’kidlab o‘tishgan matbuot xizmatidan.

Xabar qilinishicha, 2018 yilning 1 yanvaridan mamlakatda elektron shaklda jinoiy ish yuritishni joriy etish mo‘ljallanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 100 dan ortiq qozog‘istonlik internet orqali hibsga olindi