
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In 9 sentyabr kuni nishonlanadigan KXDRning 70 yillik yubileyiga qadar mamlakat tarixidagi eng katta raketani yasashga buyruq berdi. Bu haqida mamlakat qochoqlaridan biri xabar yetkazgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, qochoq Kim Chen In ushbu buyruqni dekabr oyi o’rtalarida Pxenyanda bo’lib o’tgan katta harbiy rahbarlar va olimlar ishtirokidagi ikki kunlik uchrashuv chog’ida ma’lum qilgan.
Ma’lumot yetkazgan insonning ism-sharifi sir saqlanayotgan bo’lsa-da, unga mamlakatning raketa loyihalarida ishtirok etgan va KXDR amaldorlari bilan aloqada bo’lgan inson sifatida ta’rif berilmoqda.
Aytilishicha, yaratilajak raketa “Unxa-4” deb nomlanadi va “Unxa-3”ning kattaroq namunasi ko’rinishiga ega bo’ladi.
Eslatib o’tamiz, “Unxa-3” 2016 yilning fevral oyida omma e’tiboriga taqdim etilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar