
Avvalroq, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili uch yilga qamoqqa hukm qilingani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Advokat Timur Marshani Mixail Saakashvilining sirtdan uch yilga qamoqqa hukm qilinganiga o‘z fikrini bildirdi.
Mutaxassisining fikriga ko‘ra, sudni bu hukmini amalga oshirishning iloji yo‘q. Advokat, “Uni hech qachon berishmaydi, chunki Gruziya sudlarining qarorini boshqa davlatlarda ijro etish mumkin emas”, degan.
Uning aytishicha, sudning bu qarorini faqat Gruziya hududida amalga oshirish mumkin, boshqa davlatlarda bu sud qarori bilan Saakashvilini hibsga olishmaydi.
Advokatninig bildirishicha, “Bu siyosiy qaror. Chunki, unga qo‘yilgan jinoiy ishlarda u haqiqatan ham aybdor, shundan kelib chiqib qaror qabul qilingan. Bu Saakashvilining Gruziyaga g‘olib sifatida qaytib kelmasligining oldini olish uchun qilingan. Mamlakatning ichkarisida uni qo‘llab-quvvatlovchilar juda ham ko‘p”.
Mutaxassisnnig gapiga ko‘ra, Ukraina Saakashvilini Gruziyaga ekstraditsiya qilishni juda ham xohlaydi, ammo buni amalga oshirishning iloji yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar