21:08 / 05.01.2018
18 972

Endi Rossiyadan ish topish yanada oson

Endi Rossiyadan ish topish yanada oson
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi “Rabota v Rossii” portalida “shaxsiy kabinet” ochdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

“Shaxsiy kabinet” agentlikka O‘zbekiston fuqarolarini ishga olish istagini bildirgan rossiyalik ish beruvchilar ro‘yxati bilan tanishishini ta’minlaydi.

Agentlikda, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlaydigan ish beruvchining mehnat sharoitlari bilan tanishish va mamlakat fuqarolariga nisbatan mehnat qonunlarini buzgan ish beruvchilar yuzasidan Rossiya Federatsiyasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish federal xizmati “shaxsiy kabineti”ga so‘rov yuborish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida 2017 yil 5 aprel kuni imzolangan Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim 2017 yilning 21 dekabridan kuchga kirdi.

Mazkur Bitim ishchi kuchi harakatlanishi jarayonini tartibga solish va uni huquqiy jihatdan yanada takomillashtirish hamda Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnatkash-migrantlarning huquq va qonuniy manfatlari himoya qilinishini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Endi Rossiyadan ish topish yanada oson