08:03 / 06.01.2018
9 478

Turkmanistonda ayollarga mashina haydash taqiqlab qo‘yildi

Туркманистонда аёлларга машина ҳайдаш тақиқлаб қўйилди
Turkmaniston hukumati ayollarga mashina haydashni taqiqlab qo‘ydi. 2017 yil dekabrida avtoinspeksiya xodimlari ayol haydovchilarni bu qoidani buzganlari uchun jarimaga tortilishlaridan ogohlantira boshlashgan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Yanvarda portalning Ashxoboddagi manbasi yo‘l politsiyasi xodimlari ayol haydovchilardan haydovchilik guvohnomalarini olib qo‘yib, ularning mashinalarini jarima maydonchasiga jo‘natayotganlarini ma’lum qilgan.

“Dastlab men bu xabarni hazil deb qabul qildim, biroq keyin bunga shaxsan to‘qnash keldim. Hozir ayollar mashina haydashdan qo‘rmoqdalar, shu sababli ko‘pchilik ayollarni ishga erlari olib borib qo‘ymoqdalar”, deb aytdi ashxobodlik bir ayol.

Boshqa bir manbaning aytishicha, ishiga mashina haydab boradigan, davlat xizmatida ishlaydigan ayollardan mashina haydamasliklari haqida tilxat olinmoqda.

Portalning yo‘l ispeksiyasidagi manbalaridan birining ma’lum qilishicha, 5 dekabrda mamlakat ichki ishlar vaziri Iskandar Mulikov mamlakat rahbariga statistika bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarining aksariyati ayol haydovchilar aybi yoki ular ishtirokida yuz berishini ma’lum qilgan. Shundan keyin prezident vazirga “vaziyatni to‘g‘rilash”ga ko‘rsatma bergan.

Bir necha kun avval mamlakatda qora rangdagi avtomobillar haydash taqiqlangani haqida xabar paydo bo‘lgandi. Jumladan, Ashxobod ko‘chalarida qora va qoramtir rangdagi mashinalar ko‘rinmay qolgan.

Bunday rangdagi mashinalar yo‘l politsiyasi tomondan jarima maydonchalariga olib borilib, ularni boshqa rangga bo‘yash talab qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda ayollarga mashina haydash taqiqlab qo‘yildi