Xitoydagi kuchli qor yog’inlari tufayli 13 nafar inson olamdan ko’z yumdi

Xitoydagi kuchli qor yog’inlari tufayli 13 nafar inson olamdan ko’z yumdi
Xitoyda kuzatilayotgan kuchli qor yog’inlaridan mamlakat aholsining 1 milliondan ortiq vakili jabr ko’rgan, davlat iqtisodiyotiga yetgan ziyon esa 1 milliard yuanni tashkil etmoqda.

Ayni kunlarda Xitoyning Anxoy provintsiyasida 13 nafar inson kuchli qor yog’ishi sabab olamdan o’tgan. Bu haqida mahalliy televidinie ma’lumotlariga asoslangan holda “Life.ru” internet nashri xabar bermoqda.

3 yanvar kuni boshlangan qor yog’ingarchiliklari oxirgi 10 yil ichidagi eng kuchlisi deya aytilmoqda. Mamlakatning to’qqizta shahrida, jumladan ma’muriy markaz hisoblanmish Xefeyda ham favqulotda holat e’lon qilingan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar