09:50 / 08.01.2018
4 460

Ramzan Kadirov Ozarbayjondan topilgan 104 yoshli chechen ayolni o’z yurtiga qaytarib olib kelmoqda

Ramzan Kadirov Ozarbayjondan topilgan 104 yoshli chechen ayolni o’z yurtiga qaytarib olib kelmoqda
Checheniston rahbari vakillari Boku shahridagi ayoldan xabar olib, unga kerakli buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlarini tashlab kelishgan. Uni mamlakatga olib kelish masalasi esa bugun hal bo’ladi, deyiladi xabarda.

Checheniston rahbari Ramzan Kadirov Ozarbayhonning Geranboy shahri ko’chalarining biridan yangi yil bayramidan avval ko’ngillilar tomonidan muzlagan holatda topilgan ayolga ko’mak qo’lini cho’zishga va’da bergan edi. Ushbu ayol taqdiri butun internet olamini larzaga soldi. Ayol Iroqqa ziyoratga borish niyatida yo’lga tushgan, ammo o’z xamrohlari tomonidan aldanib, bor puli o’g’irlangan holatda Ozarbayjonda qoldirib ketilgan.

Kadirov 1914 yilda tug’ilgan bunday ismli shaxs Chechenistonning hech bir yeridan hujjat olmagani va ro’yhatdan o’tmaganligi, biroq ayol yoshidan kelib chiqqan holda biror narsani adashtirib yuborgan yoki aslida qayerda yashashini unutgan bo’lishi mumkinligini aytgan. Ammo shunga qaramasdan, ayolga kerakli barcha yordam ko’rsatishi aytilmoqda.

“Dushanba kuni Ozarbayjondagi Rossiya elchixonasi bilan birgalikda Aliyevani Chechenistonga olib kelish masalasi yechim topadi. Muhimi shundaki, Aliyeva zudlik bilan ko’rsatilajak yordamga muhtoj va u albatta beriladi. Uning qayerdan ekanligi muhim emas. U bedarmon, yolg’iz, shu sababli uning qayerda yashaganidan qat’iy nazar munosib ravishda g’amxo’rlik qilamiz” deydi Checheniston rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Kadirov Ozarbayjondan topilgan 104 yoshli chechen ayolni o’z yurtiga qaytarib olib kelmoqda