
Janubiy Koreyaning Kumi shahridagi kafelardan biriga to‘ng‘iz bostirib kirib, u yerdagi odamlarga hujum qildi.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, kuzatuv kameralari qayd qilgan voqea 1 yanvarda yuz bergan. To‘ng‘iz odamlarga hujum qilib, kafeni ostin-ustun qilgan. Tashrif buyuruvchilar orasida sarosima boshlangan. Ulardan ko‘pchiligi kafedan qocha boshlagan, qolganlari esa qo‘llariga tushgan narsa bilan himoyalanishgan. Oxir-oqibat to‘ng‘iz kafeni tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar