Ha, 51-hudud haqiqatan sirli. U dunyoning bironta ham xaritasida ko‘zga tashlanmaydi. Ammo shunday sirlari borki, sizning dunyo haqidagi tasavvurlaringizni 360 darajaga o‘zgartirib yuborishi tayin. Hudud ichkarisida o‘zga sayyoraliklarning murdalari saqlanadi. Hech kim bu hududga kira olmaydi. Yaqin atrofida aholi yashash joylari yo‘q. To‘rt tarafida sukunat, kimsasizlik hukm suradi. Harbiylar 51-hududni tish-tirnog‘iga qadar qurollangan holda astoydil qo‘riqlaydi, nazorat qiladi.
Ammo keyingi yillarda hududga tegishli ba’zi sirlar ochilgandek bo‘ldi. Ufologlarning aytishicha, bu yerda dunyo miqyosidagi tadqiqotlar olib boriladi. Bu tadqiqotlar esa yer ostida tashkil etiladi. Bosh korpusi 14 ta o‘ta sirli qavatlardan iborat. Ular ham yer ostida. Bu qavatlar doirasida ham turli afsonaviy gaplar yuradi. Aytishadiki, bu yerda o‘zga sayyoraliklarniki kabi uchar uskunalar, tovoq shaklidagi havo kemalari yaratiladi…
51- hudud tarixiga nazar solsak, u 1951 yili bunyod etilgan. Baza o‘rnida ilgari kimsasiz, o‘t-o‘lan bosgan yerlargina bor edi. Atrofi esa xuddi hozirgidek tog‘lar bilan o‘ralgandi. Bu manzilga na jurnalist, na mahalliy aholi vakillari yaqinlasha oladi. Hech kim bazaga yaqin keltirilmaydi. Yana bir mutaxassis baza tarixiga tegishli sirni oshkor etdi. Ilgari hudud ichkarisida amerikaliklar yadro quroli ustida tadqiqotlar olib borgan. Shuning uchun hech kim yaqiniga yo‘latilmas ekan.
1977 yili qaysidir ofitser tasodifan baza ichkarisiga kirib qolgandi. Ichkarida birinchi bo‘lib disk shaklidagi uchar havo kemasiga ko‘zi tushgan. Uni o‘sha lahzadayoq qo‘lga olishgan va uzoq vaqt so‘roq qiishgan. Keyin ko‘rganlarini hech kimga gullab qo‘ymaslikka qasam ichirib, tilxat yozdirishgan. Lekin oradan bir necha yil o‘tgach, baribir sirlar oshkor bo‘ldi. Ofitser ko‘rganlarini ortiq miyasida saqlab tura olmadi…
Amerikalik Lazar ismli olim 51- hududda ishlagan ekan. U ham odamlarga ichkaridagi sirlarni aytib bergan. Olimning aytishiga ko‘ra, o‘tgan asrning 80- yillarida bazadagi fizika bo‘limi rahbari lavozimida ishlagan. Bo‘limda, shubhasiz, o‘ta maxfiylashtirilgan loyihalar ustida ish olib borishardi.
— Meni 51-hududga mashinada olib kelishgan, — degandi Lazar. — Mashina oynalari to‘liq qoraytirilgan. Salonda o‘tirib, tashqarini ko‘ra olmasdingiz. Men asosan bo‘limga tegishli maxsus laboratoriyada ishlaganman. Laboratoriya tog‘ ostiga joylashtirilgan bo‘lib, u yerga to‘qqizta darvozadan o‘tsangizgina kirib borardingiz. Kelgan kunimning o‘zida qo‘limga yuzlab papkalarni berishdi. Ularda turli yozuvlar va suratlar qalashib yotardi. Yozuvlar maxfiylashtirilgan ixtirolarga taalluqli texnologiyalar haqida so‘ylardi. Ochig‘i, o‘quvchilarga rostini aytsam, bizning bo‘lim o‘zga sayyoraliklarning harakati va faoliyatini tadqiq qilardi. Tadqiqotlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘zga sayyoraliklar tortish kuchi boshqaruvi ostida harakatlanarkan. Masalan, juda uzoq manzilga borish kerak bo‘lsa, ular manzilni tortish kuchi yordamida o‘ziga yaqinlashtirarkan, vassalom. Mushkuli oson bo‘larkan…
Yana bir Yuxeus ismli olim 51-hududning boshqa sirlari bilan o‘rtoqlashdi. U Amerika uchuvchilari o‘zga sayyoraliklar kemasida bemalol ucha olishni o‘zlashtirishi uchun alohida texnologiyalar yaratgan…
Xanessi ismli bazadagi maxsus bo‘lim sobiq xodimi aytdiki, pastki qavatlarga magnitli kartochka yordamida kiriladi. Bundan tashqari, kirishdan oldin barmoq va ko‘zlar skaner qilinadi.
Amerika markaziy razvedka boshqarmasida ishlagan Rouz ismli shaxsning hikoya qilishicha, o‘tgan asr o‘rtalaridan boshlab ular 51-hududdan turib o‘zga sayyoraliklar bilan muloqot qilishgan. Shu asnoda Amerika hukumati o‘zga sayyoraliklar bilan shartnoma imzolagan. Shartnoma shartiga ko‘ra, Amerika o‘zga sayyoraliklarning aniq manzilini sir tutadi. O‘zga sayyoraliklar esa yerliklarning hayotiga, ishiga aralashmaydi. Ammo o‘zga sayyoraliklar 51-hududda bemalol ish olib boraverishlari mumkin.
Baxtga qarshi, o‘zga sayyoraliklar shartnoma shartlarini qo‘pol ravishda buzdi. Ular ochiqchasiga odamlar va hayvonlar ustida tadqiqotlar olib bora boshlashdi. Amerikaliklar buning sababini so‘rashganda, tadqiqotlar ularning hayotini saqlab qolish uchun yaraydigan elementlarni yaratishda qo‘l kelishini aytishgan.
Hozirgi kunda ham ko‘pchilik 51-hudud ichkarisiga kirishni orzulaydi. Afsuski, bu shirin xayoldan boshqa narsa emas. 51- hudud bag‘rida qanchalab sir-sinoatlarni berkitib olgani avvalo xudo, qolaversa, faqat Amerika hukumatiga ayon.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi