00:28 / 11.01.2018
4 652

Do’stlari tomonidan hazillashib suvga itarib yuborilgan 17 yoshli o’smir cho’kib halok bo’ldi

Дўстлари томонидан ҳазиллашиб сувга итариб юборилган 17 ёшли ўсмир чўкиб ҳалок бўлди
Ushbu baxtsiz hodisa Shonigan ko’li qirg’oqlarida sodir bo’ldi.

Bu yerga bir guruh o’smirlar cho’milgani kelgan edilar. Ular orasida Abdul ismli yigit ko’l qirg’og’iga yaqin kelganda do’stlaridan biri bo’lmish Brume Umukoro hazillashish maqsadida uni suvga itarib yubordi.

Abdul Jamal Buyuk Britaniyaga Nigeriyadan ko’chib kelgan immigrantlar oilasida, inoq va madaniyatli insonlar davrasida tarbiya topgan edi. Uning onasi matematika o’qituvchisi bo’lib, o’g’lini bo’lg’usi iqtisodchi sifatida kelajakka tayyorlab borgan.

Biroq Abdul barchasidan ham ko’proq sport bilan shug’ullanishni yaxshi ko’rgan. 17 yoshga to’lgach regbi bo’yicha maktab komandasi kapitaniga aylagan va o’rta maktabdagi barcha imtihonlarni a’lo baholarga topshirgan. Imtihonlardan keyin esa o’z guruhi bilan Kanadaga borib, regbi bo’yicha Kouichan guruhi bilan raqobatlashishni rejalashtirgan.

"Biz hursandchilik qilib, suratga olish uchun telefonlarimizni bir-birimizga berdik. Abdul cho’milishni istamadi. Men esa uning telefonini boshqa birovga berishini poyladim-da o’zini qo’lga itarib yubordim. Abdul biroz vaqt o’tgach suv yuzasida paydo bo’ldi...” deydi Brume Umukoro.

“U o’zini kim itarib yuborgani haqida so’radi va men unga javob berdim. So’ng ortga qayrilib ketdim, birozdan keyin u suv ustida ko’rinmay qoldi. Bunday voqea sodir bo’ladi deb o’ylamagandim. Abdulning o’limi uchun o’zimni butun umr aybdor deb his qilaman”.

O’spirinlar qutqaruvchilarni chaqirishdi va Abdulni yiqilgan joyidan 3 metr chuqurlikdan topib chiqishdi. Ular birinchi yordamni ko’rsatishga uringanlariga qaramay, yigit allaqachon jon berib bo’lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Do’stlari tomonidan hazillashib suvga itarib yuborilgan 17 yoshli o’smir cho’kib halok bo’ldi