17:03 / 11.01.2018
7 756

O‘zini o‘ldirgan qizning otasi o‘limga sababchi bo‘lganlarni dafn marosimiga taklif qildi

O‘zini o‘ldirgan qizning otasi o‘limga sababchi bo‘lganlarni dafn marosimiga taklif qildi
Bugungi kunda “bulling” tushunchasi ommalashib, tarmoqlarda ham keng tarqalmoqda. Bulling – bu birovlarning ustidan kulish, mazax qilish orqali ruhiy jarohat yetkazishdir. Bunday holatlar, ayniqsa o‘smirlik yoshida juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Avstraliyada bulling tufayli o‘z joniga qasd qilgan qizning ota-onasi, qizini mazax qilganlarni uning dafn marosimiga taklif qilishdi.

Joriy yilning 3 yanvar kuni 14 yoshli Emi o‘z joniga qasd qiladi. Buning sababi Emi internet tarmog‘ida bullingga uchragan. Emining otasi Tik Everett internet tarmog‘i orqali qiziga bosim uyushtirganlarni dafn marosimiga taklif qildi. Bu bilan Tik Everett “trollar” uning qizining hayotini zaharlab, oilasiga qanday kulfat keltirganini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

Tik Everett o‘zining facebook tarmog‘idagi sahifasiga, “Agar, boshqalarning ustidan kulish evaziga hayotda o‘z o‘rnini topishga uringanlar buni hazil, deb tushunishgan bo‘lsa, ushbu xabarni o‘qisin va dafn marosimiga kelishsin. Marhamat qilib, bir oilaga qanchalik musibat keltirganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishsin”, deb yozgan.

Shuningdek, Emining otasi “hamma joyda va har doim” bulingga qarshi kurashishga chaqirgan.

Emi Everett shlyapa ishlab chiqaradigan Akubra kompaniyasining yuzi bo‘lgan. Qizcha ishlab yurgan vaqtida bir necha marotaba mazax qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zini o‘ldirgan qizning otasi o‘limga sababchi bo‘lganlarni dafn marosimiga taklif qildi