14:30 / 16.01.2018
5 077

Tojikiston kriptovalyutalar bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi

Tojikiston kriptovalyutalar bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi
Tojikiston Milliy banki mamlakatda kriptovalyutalardan foydalanish bo‘yicha birinchi marta rasmiy pozitsiyasini bildirdi. «Moliya institutlari tajribasiga tayangan holda, Milliy bank fuqarolarni kriptovalyutalardan foydalanish bilan bog‘liq tahdidlar haqida ogohlantiradi», deyiladi MB yozma xabarida.

TR Milliy banki fikriga ko‘ra, kriptovalyutalar, jumladan bitkoinlar bilan ko‘plab amaliyotlar anonim holda o‘tkazilishi shubhali operatsiyalarga ham yo‘l ochib berishi mumkin. «Kriptovalyuta kiberhujumlarga uchrashi yoki pullarni yuvish hamda terrorizmni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Kriptovalyutalar egalari o‘rtasidagi amaliyotlar moliya muassasalarining ishtirokisiz o‘tishi hisobga olinsa, jinoiy holatlar ham ro‘y berishi mumkin ekanini istisno qilish kerak emas, masalan, virtual pullardan foydalangan holda giyohvand va psixotrop moddalar realizatsiyasi».

Tojikistonda kriptovalyuta ayirboshlash va omonat, shuningdek hisob-kitob uchun rasmiy vosita sanalmaydi. Mamlakatda barcha moliyaviy operatsiyalar faqat milliy valyuta – somoniyda amalga oshiriladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston kriptovalyutalar bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi