Amerikaning Kaliforniya shtatida o‘zining 2 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 13 nafar farzandini majburlab qamab qo‘ygan er-xotin qamoqqa olindi. Bolalarning ayrimlari zanjirband etilgan, deb yozmoqda Qalampir.uz.
Politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, oilaning 17 yoshli qizi telefon orqali qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Qiz ularning ota-onasi o‘zini va 12 aka-uka va opa-singillarini qamab qo‘ygani haqida aytgan. Huquq himoyachilari 49 yoshli Luiza Anna va 57 yoshli Devid Allen Turpinni o‘z uyida hibsga olgan.
Farzandlarning ayrimlari badbo‘y yotoqlariga zanjirband etilgan holda topilgan. Ota-ona politsiyachilarga bu holatni tushuntirib bera olmagan. 13 bolaning yettitasi 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan. Bolalar qarovsiz qolgan, ularning aksariyati nimjon va holsiz ekanliklari ma’lum qilinmoqda.
Barcha jabr ko‘rganlar shifoxonaga tekshiruv uchun yuborilgan. Ular qancha vaqt qamab qo‘yilganiga aniqlik kiritilmayapti. Qo‘shnilar bu uyda qanday hodisalar ro‘y berayotganidan bexabar bo‘lishgan. Faqat shu narsa ma’lumki, oila so‘nggi yillarda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi