
AQSHning 45 prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi bundan bir yil avval, 20 yanvar kuni bo’lib o’tgan edi.
Tramp prezidentlikning ilk yilini rekord darajadagi past ko’rsatkich bilan yakunlamoqda. Xabarda aytilishicha, uning inaurugatsiya paytidan hozirgi kungacha bo’lgan o’rtacha reyting ko’rsatkichi 39% ni tashkil qilyapti.
Bu AQSH prezidentlari orasida birinchi muddat ichida ko’rsatilgan eng past natijadir. Bundan avvalgi antirekord 49% ko’rsatkich bilan Bill Klintonga tegishli bo’lgan.
Avvalroq o’tkazilgan so’rovnomalar natijasida aksariyat amerikaliklar Trampga munozarali shaxs sifatida va uning mamlakat prezidentligi uchun mos inson ekanligiga shubha bilan qarashlari fikr bildirishlari aniqlangan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar