13:15 / 19.01.2018
6 007

Turkmaniston Prezidenti harbiy vertolyotni sinovdan o‘tkazdi (foto)

Turkmaniston Prezidenti harbiy vertolyotni sinovdan o‘tkazdi (foto)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 17 yanvar kuni aviabazaga tashrif buyurdi va harbiy vertolyotlar parkini tekshiruvdan o‘tkazdi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Berdimuhamedov vertolyotlardan birining o‘ziga xos xususiyatlarini shaxsan tekshirib ko‘rgan. «Davlat rahbari yangi harbiy vertolyot shturvaliga o‘tirib, mamlakatga keltirilgan aviatexnika imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi», - deyiladi xabarda.



«Xronika Turkmenistana» nashri xabariga ko‘ra, Berdimuhamedov uchish maydoniga qora jipda kelgan. Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda yanvar oyidan qora rangdagi avtomobillardan foydalanishga norasmiy taqiq qo‘yildi. Avval Berdimuhamedov oq mashinalarda yurgani aytiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston Prezidenti harbiy vertolyotni sinovdan o‘tkazdi (foto)