
AQSHning Yuta shtatida istiqomat qiluvchi bu ayol shunchalar yosh va malohatli ko’rinadiki, internet olamida uning suratlari paydo bo’lgach, foydalanuvchilar ham o’z hayot tarzini o’zgartirish va yomon odatlardan voz kechish fikriga qattiq qiziqib qoldilar.
43 yoshi Jessika Enslou 7 nafar farzandning onasi, ammo qizining 23 yoshligi nishonlanayotgan tug’ilgan kun suratlariga qarab ularni ona-bola emas, opa-singillar deya o’ylash mumkin.
Garchi ayol o’z suratlarini Instagram ijtimoiy tarmog’i orqali muntazam ravishda e’lon qilib borsa ham, o’z tashqi ko’rinishi va chiroyiga bino qo’ymagan. Uning aytishicha, istalgan inson yetarlicha kuch sarf qilgan holda aynan shunday natijaga erisha oladi.

Jessika o’zining yoshlik sirini sog’lom turmush tarzi hamda sportda deb biladi va uning hayoti bilan qiziqqan insonlarga maslahatlar berib, sog’lom turmush tarizini targ’ib qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing