
Kievlik erkak liftlarning biridagi yo’lovchi ayolni polga itarib, uni bo’g’ib o’ldirishga urindi. Keyin esa kutilmaganda uning qarshisidan tiz cho’kib, yig’lashni boshladi.
Xabarda aytilishicha, hodisa kuppa-kunduz kuni sodir bo’lgan. Ayol begona erkak bilan birga liftga kirgan eshik yopilishi bilan erkak “ Stop” tugmasini bosib uni bo’g’ishga harakat qila boshlagan.
Keyin esa kutilmaganda ayol qarshisida tiz cho’kib yig’lab yuborgan. U ayoldan qochib ketmasligi, shunchaki uni eshitishini iltimos qildi.
Aniqlanishicha, erkak ayolni sobiq sevgan qizi bilan adashtirgan. Sevishganlar 5 yil davom etgan munosabatlardan so’ng 1 oy avval ajrashganlari ma’lum bo’ldi. Yo’lovchi ayol esa bechora oshiqning ohu zorini lift 18 qavatga yetib borguniga tinglashiga to’g’ri keldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar