Moskva markazidagi yong’inda 3 nafar inson vafot etdi

Moskva markazidagi yong’inda 3 nafar inson vafot etdi
Moskva markazidagi 5 qavatli uylarning birida sodir bo’lgan katta yong’in natijasida 3 kishi olamdan barvaqt ko’z yumdi.

Xabarda aytilishicha, falokat kecha tunda sodir bo’lgan.

Natijada bir nechta kishi yong’indan jabr ko’rgan, hodisa joyiga yetib kelgan maxsus guruh esa yonayotgan uydan 5 kishini, jumladan bir nafar kichik yoshdagi bolani olib chiqqan. Olov Moskva vaqti bilan 01:45 da bartaraf etilgan.

Ayni paytda hodisa tafsilotlari o’rganilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar