O‘zbekiston fuqarolari — 41 nafar yo‘lovchi, jumladan ikki bola, — Qozog‘istonning Shortandi tumani hududida qolib ketgan nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi Gazeta.uz nashri Qozog‘iston Favqulodda holatlar qo‘mitasi matbuot xizmatining xabariga asosan.
Avariya-qutqarish ishlari 22 yanvar kuni kechasi «Ostona-Petropavlovsk» avtomobil yo‘lining 54-kilometrida o‘tkazildi. Yo‘lovchi avtobusi «Petropavlovsk-Sariag‘ash» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan bo‘lgan. Kazinform agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli sovuq tufayli dizel yonilg‘isi muzlab qolgan.
Yo‘lovchilar va ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan haydovchi isinish punkti — Bozayg‘ir qishlog‘idagi 5-agrotexnika kolleji yotoqxonasiga olib kelingan.
FVQ saytida aytilishicha, kuchli sovuq tufayli Qozog‘iston avtomobil yo‘llari bo‘ylab safar qilish xavfli. Qozog‘istonning Aqmola viloyati hududida bo‘ron xavfi e’lon qilingan. Sovuqning kechasi −35…−40 darajagacha tushishi kutilmoqda, 24−26 yanvar kunlari havo juda sovib, -45 darajagacha tushishi, kunduzi −27…−32 daraja bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istonning shimoliy, markaziy va sharqiy viloyatlari orqali safarga chiqishni rejalashtirgan aholidan mazkur hududlarda kuchli sovuq bo‘lishi kutilayotgani munosabati bilan yo‘lovchi avtobuslari va shaxsiy avtotransportda yo‘lga otlanishdan tiyilishni tavsiya qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi